Eron yetakchisi bilan bir qator yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda
- 14.09.2022 16:55
- 151
- Samarqand

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Diqqat markazida - o‘zaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- Kecha, 12:59
- Xorij
Mustaqillikka 34 yil: Vatan va Vijdon
- Kecha, 11:59
- Ta’lim