Eron prezidentlik saylovlarida Ibrohim Raisi g‘olib bo‘ldi
- 20.06.2021 12:38
- 129
- Xorij
Eron sud hukumati rahbari Ibrohim Raisi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi, deb ma’lum qildi ichki ishlar vaziri Abdolreza Rahmani Fazli.
"Ibrohim Raisi 17 926 345 ovoz to‘plab, Eronning ijro etuvchi rahbari va prezidenti bo‘ldi", dedi Fazli matbuot anjumanida.
Fazlining so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega bo‘lganlar 59 310 307 kishini tashkil etgan, shulardan 28 933 004 kishi ovoz bergan.
"Saylovda ishtirok etish 48,8 foizni tashkil etdi", dedi u matbuot anjumanida. Avvalgi o‘n ikki prezidentlik saylovlarida hech qachon 50 foizdan kam bo‘lmagan edi.
Undan keyin Mohsen Rezai (11,7%) 3 412 712 ovoz bilan, Abdolnaser Hemmati - 2 427 201 ovoz (8,3%), Husayn Gazizade Hoshimiy 999 718 (3,4%) ovoz oldi, dedi u.
Qolgan 3 726 870 ta ovoz haqiqiy emas deb topildi.