Eron terma jamoasining sobiq futbolchisi Ali Dayi o‘lim jazosiga hukm qilindi
“Report” xorijiy OAVlarga tayanib xabar berishicha, hujumchi Mahsa Amini o‘ldirilishidan keyin o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
Hozirda hibsda saqlanayotgan Dayidan tashqari yana 15 ming kishi qatl etishga hukm qilingani aytilmoqda.
Oktyabr oyi boshida u Saggiz shahrida uyushtirilgan aksiyada ishtirok etgani uchun qo‘lga olinib, qamoqqa olingan edi.
"Bavariya" (Germaniya) klubi o‘zining rasmiy saytida sobiq futbolchilari Ali Dayi va Ali Karimiyning taqdiridan xavotir bildirdi: "Biz Germaniyaning Erondagi elchixonasi bilan bog‘lanib, qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni bildirdik. Bu masala diqqat markazimizda bo‘ladi"
Eslatib o‘tamiz, Eronda 22 yoshli Mahsa Aminiyning hijobni noto‘g‘ri kiygani uchun politsiya o‘rinbosari tomonidan hibsga olinganidan keyin o‘limi tufayli sentyabr oyida tartibsizliklar boshlandi. Rasmiy Tehron namoyishlarni bostirdi, mamlakat ijtimoiy tarmoqlar va internetga kirishni chekladi. Mahalliy huquq himoyachilarining xabar berishicha, kamida 185 kishi halok bo‘lgan.