Eron yadro quroli: "Sabr tugamoqda"

Venada Eron, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillari ishtirokida qo‘shma Eron yadro dasturi (QEYaD) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. AQSh yig‘ilishda ishtirok etmasada, Eron bo‘yicha maxsus vakili muzokarachilar bilan alohida maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Eron yadroviy dasturini cheklash maqsadida qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi 2015 yilda olti davlat (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) imzolagan edi. 2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqishi va Eronga qarshi sanksiyalar tiklanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Tehron qo‘shma yadro dasturi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirishni boshladi.

Inqiroz

Eron Amerika sanksiyalari kiritilgandan keyin yanada o‘tkir iqtisodiy inqirozdan chiqa olishi aynan ana shu yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga bog‘liq. Mamlakat yangi prezidenti - o‘ta konservativ Ibrohim Raisining saylanishi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng muzokaralarning yangi raundi boshlanyapti.

Tehronning yangi muzokaralar guruhi AQSh va Yevropa diplomatlari tomonidan real emas deb hisoblangan talablarini ilgari surdi. Ular AQSh va Yevropa Ittifoqining 2017 yilda joriy etilgan barcha sanksiyalarni, jumladan, yadroviy dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda. Bunga parallel ravishda Tehronning BMT yadroviy dasturi kuzatuvlari tufayli ziddiyat avj olmoqda.

Eron uranni boyitish dasturini ilgari suryapti. MAGATE esa inspektorlariga kuzatuv kameralarini joyida qayta o‘rnatishga ruxsat berilmagani, bu - derjavalar bilan kelishuv bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar olib borish sharti ekanini bildirdi. Ssenariylardan biriga ko‘ra, Vashington Tehron bilan doimiy kelishuvga erishilgunga qadar muddatsiz, vaqtinchalik kelishuv tuzishni taklif qilishi mumkin.

Sabr tugayapti

Garchi AQSh rasmiylari Vena muzokaralarida qatnashmagan bo‘sada, bir necha oy davomida Erondan muzokaralar stoliga qaytishni deyarli iltimos qilishdi. Eron o‘z navbatida AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishni rad etmoqda. Shuning uchun AQSh muzokarachilari Yevropa vositachilari orqali ishlashga majbur.

Garchi Qo‘shma Shtatlar ushbu ataylab bepisandlikdan qayg‘urmasa-da, mamlakat rasmiylari sabr uzoqqa yetmasligiga ishora qilmoqda. Shu bilan birga, Bayden ma’muriyatining bitim tuzish, har qanday bitim tuzish istagini e’tiborsiz qoldirmagan ma’qul ekani aytilmoqda. AQSh va Yevropa muzokaralardan so‘ng Tehronning yon bosishiga va AQSh sanksiyalarini bosqichma-bosqich yumshatishga umid qilmoqda.

Eron diplomatlari esa bunga javoban 2015 yilda AQSh prezident Barak Obama imzolagan kelishuvga qaytishgina ularni «rozi» qilishini aytmoqda. Donald Tramp 2018 yilda kelishuvdan chiqishidan oldin Eronga bu kelishuv yetarlicha erkinlik bergan edi.

Eron, shuningdek, Jo Baydenning prezidentlik muddati tugagach ham tuzilgan har qanday kelishuv amalda qolishini talab qilmoqda.