Eronda bir kecha-kunduzda 140 nafardan ortiq kishi koronavirus sababli vafot etdi

So‘nggi bora Eronda aprel oyi boshlarida 140 dan ortiq qurbonlar qayd etilgandi. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

IRINN telekanali efirida u so‘nggi bir kun ichida 2489 ta koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlanganligi va 144 kishi vafot etganini ta’kidladi.

Hukumat tomonidan mamlakatda birinchi marotaba COVID-19 qayd etilgani haqida xabar berilgan sana - 19 fevraldan beri infeksiyalanganlar soni 222 ming 669 nafarga yetgan, qurbonlar - 10 ming 508 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, hozirga qadar 183 ming 310 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eronda ikki haftadan beri (faqat bir kunni hisobga olmaganda), kuniga 100 dan ortiq odam nobud bo‘lyapti.14 iyun kuni ilk marotaba qurbonlar soni 100 dan ortgandi.

Iyun oyining boshlarida Eronda diniy marosimlar o‘tkazila boshlandi, restoranlar va masjidlar ochildi. Shundan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni ham sezilarli darajada ko‘paygan.