Eronda so‘nggi 12 yilda ilk bor parlament rahbari o‘zgardi
- 28.05.2020 19:05
- 62
- Xorij
Tehronning sobiq meri, sobiq politsiya rahbari va harbiy Muhammad-Bagir Galibaf Eron parlamentining yangi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IRIB teleradiokompaniyasi xabar berdi.
28 may kuni o‘tkazilgan deputat saylovlari natijasiga ko‘ra, Muhammad-Bagir Galibaf deputatlar rahbari etib saylandi.
2008 yildan 2019 yilgacha parlamentni boshqargan sobiq rahbar Ali Larijoni deputatlik ko‘rsisi uchun kurash olib bormaslikni 2019 yilning oxirida ma’lum qilgan edi. U universitetda dars berish niyatida ekanini bildirgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Men qoziman, vazir emas"
- 2 soat avval
- Mutolaa
Samarqandda buyuk allomalar merosi tiklanmoqda
- 3 soat avval
- Jamiyat