Eronda yana uch kishi o‘limga hukm qilindi
Eron sudlari ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilariga yana uchta o‘lim hukmini chiqardi.
Ulardan biri militsionerni o‘ldirishda, ikkinchisi huquq-tartibot organi xodimini yaralash va o‘t qo‘yishda, uchinchisi tartibsizliklar uyushtirishda va katta miqdorda moddiy zarar yetkazishda aybdor deb topilgan.
O‘tgan hafta ham sud namoyishchilarga yana ikkita o‘lim hukmini chiqardi. Tehronning ta’kidlashicha, bularning barchasi dastlabki hukm bo‘lib, ular ustidan apellyasiya bersa bo‘ladi.
Shuningdek, avval xabar berganimizdek, o‘lim jazosiga hukm qilinganlar orasida namoyishchilarni faol qo‘llab-quvvatlagan Eron futbol yulduzi Ali Dayi ham bor. Keyinchalik bu xabar rad etildi, ammo hali ham ishonchli ma’lumot yo‘q.
BMT va xalqaro tashkilotlar Eron rasmiylariga namoyishchilarni ta’qib qilishni to‘xtatish uchun bir necha bor murojaat qilgan. Eronlik huquq himoyachilariga ko‘ra, ikki oy ichida 2000 dan ortiq odam hibsga olingan, ularning ko‘pchiligi qiynoqqa solingani aytiladi. To‘qnashuvlar natijasida 320 dan ortiq namoyishchi va huquq-tartibot xodimlari halok bo‘lgani ma’lum qilingan.