Ertaga Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahrida 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qildi. Unga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda soat 07:00 dan 14:00 ga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

- Registon ko‘chasining Registon maydonidan Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida;

- Amir Temur haykali oldidagi maydondan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasida va Ko‘ksaroy maydonida;

- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ko‘ksaroy maydonigacha bo‘lgan qismida;

- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur haykalining oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida;

- Universitet hiyoboni ko‘chasining Orzu Mahmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Amir Temur haykali oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.