Yevropa cherkovlari nega o‘t ichida qolyapti?
Yaqinda politsiya 39 yoshli ruandalik muhojirni hibsga oldi. U Fransiyaning Nanti shahridagi avliyo Pyotr va Pavel ibodatxonalarida ishlardi. Volontyor cherkovga o‘t qo‘yganini tan oldi.
Nantidagi fojia butun Yevropa uchun dolzarb bo‘lgan muammoga e’tiborni jalb etdi. Faqatgina keyingi 15 yilda Fransiyada 30 ta ibodatxonaning kuli ko‘kka sovrildi. Boshqa mamlakatlarda bu raqam yuzga yetadi.
Nasroniylar ibodatxonalariga nima bo‘lyapti, nega butun Yevropa bo‘ylab ular birin-ketin yonib ketyapti?
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina Fransiyada 2018 yil yanvardan 2019 yil aprelgacha ibodatxonalarda (jumladan, Parijdagi Bibi Maryam soborida) yigirmaga yaqin yirik yong‘inlar ro‘y berdi. Sababi shundaki, Yevropada yildan-yilga dinga e’tiqodchilar soni kamayib bormoqda. Buyuk Britaniya hozirda atigi 40 %, Fransiyada 34 %, Shvetsiyada 23 % aholi o‘zini dinga e’tiqod qo‘ygan, deb hisoblaydi. Cherkovlar esa keragidan ortiq bo‘sh - huvillab yotibdi.
T.MUROD tayyorladi.