Yevropa ittifoqi davlatlarida 59 millionga yaqin ish o‘rinlari xavf ostida qolmoqda

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz ta’sirida 59 millionga yaqin ish o‘rinlari  xavf ostida qolmoqda, deya 20 aprel kuni YeI taqdim etgan xalqaro bayonotga tayanib xabar qildi “Financial Times” nashri.

Bayonotda ma’lum qilinishicha, mazkur inqiroz YeI xususiy sektorda band aholining to‘rtdan bir qismiga ta’sir qilish ehtimoli katta. Eng katta yo‘qotishlar umumiy ovqatlanish (restoran) va mehmonxona biznesi sohalarida kuzatiladi. Ushbu sohalardagi 74 foiz ish o‘rinlari xavf ostida qolmoqda.

Taxmin qilinayotgan eng salbiy ssenariy bo‘yicha 2021 yilga kelib, ishsizlar soni ko‘rsatkichi 11,2 foizga yetadi. Bu holat ayni vaqtdagi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p.

Kamida 2024 yilga kelib, inqirozdan oldingi holat tiklanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.