Yevropa komissiyasi rahbari koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanish muddatini ma’lum qildi
- 26.11.2020 08:30
- 222
- COVID-19

Yevropa ittifoqi (YeI) fuqarolari dastlab joriy yilning dekabr oyi so‘nggiga qadar koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin. Bu haqda 25 noyabr kuni Yevropa komissiyasi (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayen Yevroparlament yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Ittifoqning (Yevropa ittifoqining) dastlabki fuqarolari dekabr oyining so‘nggiga qadar emlanishlari mumkin va bu zulmatdan keyingi dastlabki ko‘ringan yorug‘lik”, dedi u.
Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan Yevropa ittifoqiga yetkazib berish bo‘yicha oltita shartnoma imzolagan.
Shu bilan birga, YeK rahbari umumiy hisobda 500 millionga yaqin YeI fuqarolari uchun jami 2 milliard dona vaksinaga shartnoma tuzilganini, keyinchalik mazkur vaksinalarni uchinchi davlatlarga sotish imkoni paydo bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Gagarinning toshkentlik do‘sti
- Kecha, 15:16
- Mutolaa
Samarqandda pedagoglar attestatsiyasi boshlandi
- Kecha, 14:02
- Ta’lim