Evropada cho‘g‘dek yoz, Argentinada qorli qish

Yevropada issiq "cho‘qqisiga chiqdi" va may oxiri, iyun boshi kuzatuvlar tarixida rekord darajadagi eng issiq oylardan biri deb tan olindi.

Ana shunday anomal issiq Ispaniya, Portugaliya va Angliyada hukm surmoqda. Fransiyada maksimal darajada xavflilik darajasi e’lon qilingan. Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan.
Bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgan bunday issiqlik to‘lqinlari hozir tez-tez sodir bo‘lmoqda va uzaymoqda, deydi mutaxassislar.
Yevropa g‘ayritabiiy issiqdan aziyat chekayotgan bir paytda Argentinada plyajda etik kiygan ma’qul. U yerda hozir qish bo‘lsa-da, qirg‘oq 34 yil ichida birinchi marta qor bilan qoplandi. Aholi noyob tomoshadan zavqlanmoqda.