Faollar ishtirokida jamoat transporti o‘rganildi: «Xishrav»dan «Bionur»gacha
Samarqand shahrida yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarga elektrobuslarni joylashtirish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida o‘rganish olib borildi.
Rejalashtirilgan yangi yo‘nalishlardan biri - Xishrav qo‘rg‘onidan boshlanib, Samarqand, Tong (Abdi bobo), Ali Qushchi, Buyuk ipak yo‘li, Amir Temur, Mahmud Koshg‘ariy, Kurchatov, Rudakiy nomli hamda Shohi Zinda ko‘chalari va M-37 avtomobil yo‘li («Bionur» klinikasi)da harakatlanadi. O‘rganish davomida ushbu yo‘nalish ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida avtomobil yo‘lining holati, avtobuslarning erkin harakatlanishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda bekatlarni joylashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Jamoatchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng yo‘nalishga 17-son berilib, sinov tariqasida 10 yanvardan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishga elektrobuslarni chiqarish bo‘yicha kelishib olindi.