Farzand ta’minoti uchun aliment to‘lovi qancha?
- 31.10.2022 17:45
- 379
- So'ragan edingiz
Savolga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi Feruz Karimov javob berdi:
- Bugungi kunda nisbatan ko‘p beriladigan savollardan biri shu. Oila kodeksiga ko‘ra, bir nafar farzand uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida aliment undirish belgilangan.
Shuningdek, ikki nafar farzand uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida, har bir bola uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, uch va undan ortiq farzndlar uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining yarmi miqdorida biroq har bir bola ta’minoti uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida aliment undiriladi.
Bunda farzand kimda qolayotgan bo‘lsa, aliment shu fuqaroga to‘lanadi. Bola kimda ekanini sudlar mahalla fuqarolar yig‘ini dalolatnomasi orqali aniqlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!