Farzandi ta’minoti uchun 26 million so‘m to‘lashdan bosh tortgan otaga qamoq jazosi qo‘llanildi
Fuqarolik ishlari Past Darg‘om tumani sudining 2018 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan qarzdor U.I.dan undiruvchi F.U. foydasiga farzandlarining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.
Sud qaroriga asosan ijro hujjati byuroning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21- va 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Qarzdor U.I.ning aliment qarzdorligi qayta hisob-kitob qilinganda bugungi kun holati holatiga 26 mln. 910 ming so‘mni tashkil qilgan.
Ushbu qarzdorlikni to‘lashlik uchun qarzdor bir necha marta ogohlantirilgan. Ammo mas’uliyatsiz ota har xil vajlar bilan qarzdorlikni yillar davomida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli 2021 yil 12 iyunda MIBning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi tartibida qarzdorga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudiga topshirildi.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va qarzdor U.I.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.