Fermer xo‘jaligining 1,2 gektar yerini 14 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan kimsa ushlandi

Fermer xo‘jaligining 1,2 gektar yerini 14 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan kimsa ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati Urgut tumani bo‘limlari xodimlari tumanda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda fuqaro A.E. otasi rahbarligidagi “O.S.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.S.ning ishonchiga kirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.