Festivalda ishtirok etuvchi mehmonlar 24-27 avgust kunlari Samarqandga tashrif buyuradi
Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida ulug‘ ayyom tantanalariga hamohang tarzda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali, “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro anjuman hamda “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi kabi nufuzli tadbirlar tashkil etiladi.
Mazkur nufuzli tadbirlarda ishtirok etish uchun mehmonlar 24-27 avgust kunlari Samarqandga tashrif buyurishi Madaniyat vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumolarga ko‘ra, 24 avgust kuni “Sharq taronalari” musiqiy festivali doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadigan Turkmanistonning “Archabil” musiqiy jamoasidan 6 nafar va Tojikistonning “Badakhshan” musiqiy jamoasidan 6 nafar san’atkor Samarqand shahriga yetib keladi.
To‘lqin Siddiqov.