Florida gubernatori Tramp foydasiga AQShdagi saylovlardan rasman voz kechdi
- 22.01.2024 11:54
- 51
- Xorij

Florida gubernatori Ron Desantis AQSh prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. U AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp foydasiga o‘z nomzodini rasman qaytarib oldi. Bu haqda siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Uning aytishcha, saylovoldi kampaniyasida g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q. Shuningdek, u ijobiy natijaga erishish uchun hamma narsani qilishga tayyorligini bildirdi va Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
“Men respublikachi nomzodni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergandim va bu va’dada turibman. Men uni qo‘llab-quvvatlayman, chunki biz o‘tmishdagi respublikachilar gvardiyasiga qaytolmaymiz”, dedi Desantis.
Avvalroq tadbirkor Vivek Ramasvami ham AQSh prezidentlik poygasidan chiqib ketayotgani va bo‘lajak saylovlarda Donald Trampni qo‘llashini ma’lum qilgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo