Fransiya Bosh vaziri iste’foga chiqdi
- 03.07.2020 18:10
- 59
- Xorij

Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp iste’fo e’lon qildi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangi hukumat rahbari tasdiqlangunga qadar Filipp xizmat vazifasini davom ettirib turadi. U iyun oyining so‘nggida Gavr merligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga, u 2022 yilga qadar Bosh vazir lavozimida qola olmasligini ta’kidlagan.
Yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida 2 iyun kuni davlat rahbari tomonidan ma’lum qilindi. U bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlarga “yangi yo‘lning tatbiq etilishi”, deya izoh berdi.
Harris Interactive kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, so‘rovnamada qatnashgan 2133 nafar 18 yoshdan katta fuqarolarning 55 foizi Filippning Bosh vazir lavozimida qolishini istagan, 44 foizi bunga qarshi bo‘lgan va qolgan ishtirokchilar betaraf pozitsiyani tanlagan.
Eduar Filipp 2017 yildan buyon Emmanuel Makron qaroriga ko‘ra, hukumat rahbari etib tayinlangan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- 53 daqiqa avval
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- 56 daqiqa avval
- Samarqand
Mahallangiz nomi ma’nosini bilasizmi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- 2 soat avval
- Qishloq xo'jaligi