Fransiya prezident saylamoqda. Emmanuel Makron va Marin Le Pen ikkinchi bosqichda
- 11.04.2022 15:27
- 57
- Xorij
Fransiya ichki ishlar vazirligining so‘nggi umumiy ma’lumotlariga ko‘ra, protokollarning 97 foizi sanab chiqilgach, mamlakatning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron 27,6 foiz ovoz to‘plab, prezidentlik saylovlarida yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘ng qanot «Milliy birlashuv» partiyasi rahbari Marin Le Pen ikkinchi o‘rinda (23,41 foiz), chap qanot “Bo‘ysunmas Fransiya” partiyasi rahbari Jan-Lyuk Melanshon uchinchi o‘rinda (21,95 foiz).
Parijning o‘zida esa vaziyat boshqacha: Fransiya poytaxtida Makron 35,33 foiz, Melanshon 30,09 foiz, Zemmur esa 8,16 foiz ovoz olgan. Marin Le Pen 5,54 foiz ovoz bilan oltinchi o‘rinni egalladi.
Fransiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 24 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa