Fransiyada Makronga tuxum uloqtirgan kishi hibsga olindi

Lionda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tuxum otgan erkak hibsga olindi, deb xabar beradi BFMTV.

Qo‘lga olingan shaxs “davlat hukumati berilgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik”da ayblanmoqda.

Makron Lion shahrida o‘tkazilayotgan Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan edi. Lyon Mag ilgari xabar berganidek, tashrif chog‘ida olomon orasidan unga qarata noma’lum narsa tashlangan. Keyinchalik aniqlanishicha, bu tuxum bo‘lgan. Xavfsizlik xizmati norozilik ishoralari bilan: “Yashasin inqilob” deya baqirgan yigitni hibsga oldi.

Bunday hodisa birinchi marta ro‘y bermayapti. Iyun oyining boshida, Fransiyaning janubi-sharqidagi Drom departamentiga tashrifi chog‘ida Makron olqishlash uchun yig‘ilganlarga yaqinlashdi. To‘planganlardan biri Fransiya Prezidentiga shapaloq tortib yubordi. Makronga qo‘l ko‘targan kishi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bu tarsaki hodisasi Fransiya siyosatchilari, jumladan, muxolifat partiyalari rahbarlari tomonidan keskin qoralandi. Makronning o‘zi voqea ahamiyatini oshirib yubormaslikka chaqirdi va aholi bilan uchrashuvni davom ettirdi.