Fransiyaning «Le Monde» gazetasida Samarqandning xavfsiz turizm xizmati e’tirof etildi

Fransiyada chop etiladigan «Le Monde» gazetasida «O‘zbekiston yangi mo‘’jizakor boyliklar mamlakatimi?» sarlavhasi bilan maqola chop etildi. Charlotte Xervot yozgan ushbu maqolada mamlakatimiz hukumati tomonidan turizmni rivojlantirish uchun katta e’tibor qaratilayotgani, O‘zbekistonning sayyohlik potensiali o‘sib borayotgani e’tirof etilgan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarida xavfsiz sayyohlik tizimi yo‘lga qo‘yilgani xususida fikr bildirilgan. Xususan, Samarqanddagi xavfsiz sayyohlik xizmati xodimlarining sa’y-harakatlari turistlar oqimining ko‘payishiga munosib ulush qo‘shayotgani ta’kidlangan.