Samarqand - sayyohlik shahri, bu yerda xavfsiz turizm faoliyati yuqori sifatda tashkil etilishi shart

15 iyun kuni Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor B.Mirzarahimov hamda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Toshpo‘latov Samarqand viloyati IIB xavfsiz turizm boshqarmasida bo‘lib, xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, ular “GM O‘zbekiston", Neft mahsulotlarini tashish bataloniga tashrif buyurib, u yerdagi xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Samarqand viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda IIV Samarqand xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 7252-sonli harbiy qismda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmatni ogohlik va hushyorlik bilan olib borish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat vazifasini yanada samarali olib borishlari to‘g‘risida bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, tadbirlarda Samarqandga xorij davlatlaridan sayyohlar tez-tez kelishi, ularning xavfsizligini ta’minlash esa davlat ahamiyatidagi yumush ekanini ta’kidladi, bu borada kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.