Fransiyaning shimoli-g‘arbida koronavirusning yangi turi aniqlandi
Koronavirusning yangi turi Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Bretan mintaqasida topildi, dastlabki tekshiruvlar uning xavfliligi haqida ma’lumot bermadi, deya xabar beradi Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ushbu variantni aniqlash qiyin bo‘lganligi ta’kidlangan. Uni yuqtirgan odamlarda "SARS-CoV-2 ga xos alomatlar bor edi", ammo PSR testlar salbiy javob chiqardi.
"Yangi variant Lanion Kot-d’Armor departmenti kasalxona markazida aniqlandi. 13 martda 79 holat, jumladan DNK molekulasini tekshirish yordamida 8 ta yangi variant bilan kasallanish tasdiqlandi", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar "asl" versiyasiga ko‘ra "na uning katta xavfi, na yuqish tezligi to‘g‘risida" xulosa qilishmadi. Mutaxassislar virusni tahlil qilishda davom etmoqda va yangi variantning "avvalgi infeksiyalar paytida hosil bo‘lgan antitellar va emlashlar" qanday ta’sir qilishini tajribaga asosan aniqlash rejalashtirgan.
Fransuz mutaxassislari virusni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining boshlang‘ich, ya’ni "nazorat ostidagi variantlar" toifasiga kiritdi. Mutaxassislar tomonidan baholangach, mavjud xususiyatlariga binoan "muammoli" deya tasniflanishi mumkin.
Departamentning ta’kidlashicha, Fransiya hukumati yangi tur virus haqidagi ma’lumotlarni xalqaro sog‘liqni saqlash idoralariga topshirdi.
Bugunga kelib mamlakatda 4 milliondan ortiq “COVID-19” kasalligi aniqlandi, ulardan qariyb 98 ming kishi vafot etdi.