G‘alati fobiyalar

Fobiyalar – bu mantiqiy tushuntirilishga berilmaydigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan qo‘rquvlardir. Albatta, o‘z salomatligi, qandaydir tushunmovchiliklar, xavf-xatarlardan qo‘rqish barcha tirik mavjudotga xosdir. Misol uchun tishlari og‘rigan odam tish shifokoriga bormaydi, yana kimdar sayohat xohlaydiyu, samolyotda uchishdan qo‘rqadi. Ushbu ta’rifni umumlashtiradigan bo‘lsak, “kasallik”ni - agar odam qo‘rqsa – oddiy qo‘rquv, agar hadiksirab, undan qochsa – fobiya deb aytsa, bo‘ladi.

Bugun ularning ko‘plari kishini sarosimaga tushirib qo‘yib, har xil muammolarni keltirib chiqaradigan ilmiy tasdiqlangan inson fobiyalari bilan tanishamiz.

Gnosiofobiya (epistemofobiya) — bilim olish qo‘rquvi.

Ushbu fobiya bilan og‘rigan odamlarning 70 foizi yirik shahar va megapolislar aholisi ekanligi mantiqan to‘g‘ri. Biroq, bu fobiya kishilik jamiyatidan tashqarida o‘sgan “Maugli” bolalarida ham topilgan.

Gidrozofobiya — terlab shamollash yoki yoqimsiz hid manbai bo‘lish qo‘rquvi. Bu fobiyasi borlar qushlarga havas qiladi, negaki ularda ter bezlari yo‘q.

Dorofobiya — sovg‘a olish yoki berish qo‘rquvi. Bu kulgili fobiya emas, uning ostida bolalikdagi gina-quduratga asoslangan jiddiy muammo yotadi.

 Kumpunofobiya — tugmalar qo‘rquvi. Dunyoda 75 000 kishidan 1 nafari bu fobiyadan aziyat chekadi.

Lakanofobiya — sabzavotlar qo‘rquvi. Bu odamlar sabzavotlarni ko‘rishi bilan ko‘ngli ayniydi, boshi aylanadi va tez nafas olishni boshidan kechirishi mumkin. Ular  hatto sabzavotlarning  hidiga ham chidab tura olmaydi. Ba’zilari esa hatto sabzavot yonida turgan mahsulotni ham yemaydi.

Nefofobiya — bulutlar qo‘rquvi. Vaqt o‘tishi bilan bu qo‘rquv boshqa shakllarni olib, tuman yoki havo fobiyasiga aylanishi mumkin.

Ombrofobiya — yomg‘ir qo‘rquvi.  Qurquv jiddiy sarosimaga olib kelishi mumkin. U bir necha sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi: bolalarga kasal bo‘lib qolmasligi uchun yomg‘irda ko‘chaga chiqish ta’qiqlanganligi sababli va ko‘pincha yomg‘irni depressiya bilan bog‘lashadi.

Tripofobiya — zich joylashgan teshikchalar qo‘rquvi. Tripofobiyadan aziyat chekadigan odamlar ko‘plab kichik teshiklari bo‘lgan narsalarni xavf bilan bog‘laydi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra garchi minglab odamlar bundan aziyat cheksada, hozirgacha bunday tahlikalar fobiyalar rasmiy ro‘yxatiga kiritilmagan. Tripofoblar ko‘plab asalari uyasi, gubkalar yoki ba’zi bir o‘simliklardan hadiksiraydi. Tripofobiya alomatlari ko‘ngil aynishi, tana qichishi va hatto vahimaga tushish hollarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Xayrofobiya — nomaqbul vaziyatlarda (masalan dafn marosimida) kulib yuborish qo‘rquvi. Ushbu qo‘rquv mexanizmi tananing himoya reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u og‘ir vaziyatda g‘alati munosabatda bo‘lib, quvonch namoyon etish orqali o‘zini himoya qilishi mumkin.

Punktumofobiya — oxirida nuqtasi bor xabar olish qo‘rquvi. Tabassum (smayl)ning yo‘qligi yozishuvning jiddiyligi yoki suhbatdoshning keskin javobini anglatadi.

Gippopotomonstroseskippedalofobiya — o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu uzun so‘zlar qo‘rquvi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.