G‘azoda falastinlik qurbonlar soni 109 kishiga yetdi
Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida uch kun ichida halok bo‘lgan falastinliklar soni 109 kishiga yetdi va 600 dan ziyod odam jarohat oldi, deb aytmoqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi.
"Mahalliy vaqt bilan bugun, 14 may kuni soat 12:10 gacha 109 kishi vafot etdi, shulardan 28 nafari voyaga yetmaganlar va 15 nafari ayollar", deya ma’lumot berdi vazirlik.
Ria Novosti saytining yozishicha, yaradorlar soni 621 kishiga yetgan.
Vaziyat Isroil va Falastinning G‘azo sektori o‘rtasidagi chegarada dushanba kuni kechqurun keskinlashgan edi. Isroilning aholi punktlariga raketa hujumlari deyarli doimiy davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olti nafar tinch aholi va bitta isroillik askar halok bo‘lgan.
Eskalatsiya boshlanganidan buyon G‘azo sektoridan Isroil hududiga 1750 ga yaqin raketa otilgan, ulardan 300 ga yaqini Falastin anklavida portlagan, deya ma’lum qildi Isroil armiyasi 13 may kuni kechqurun. Isroil G‘azo sektoriga hujum qilib, Falastinning Xamas va Islomiy Jihod guruhlari nishonlariga zarba berishi oqibatida bir necha jangarilar, jumladan yuqori darajadagi sarkardalar halok bo‘ldi.
G.Xoldorova tayyorladi.