Germaniya BMTdan Belarusdagi vaziyat bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishini talab qildi
- 14.09.2020 21:00
- 58
- Xorij
Yevropa Ittifoqining yetakchi mamlakatlaridan biri bo‘lgan Germaniya BMTning Inson huquqlari Kengashidan (IHK) zudlik bilan, keng ko‘lamda Belarusdagi vaziyat yuzasidan muhokamalar o‘tkazilishini talab qildi. Bu haqda 14 sentyabr kuni Sputnik nashri xabar berdi.
Qaror 25 ovoz bilan qabul qilindi, 20 nafar davlat betaraflikni tanladi. Venesuela va Filippin qarshi ovoz berdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, mazkur yig‘ilish 18 sentyabr kuni soat 10:00 (13:00 Toshkent vaqti)da BMT IHK maydonida muhokamalar shaklida o‘tkaziladi.
BMTning Jenevadagi vakolatxonasidagi Belarusning doimiy vakili Yuriy Ambrazevich javobgar davlat vakili sifatida ushbu qarorga javoban “Mamlakatdagi mavjud vaziyat na shoshilinch, na oddiy muhokamalar olib borilishiga sabab bo‘la olmaydi”, dedi.