Germaniya Bundestagida Navalniy ishi ortida Kremlning qo‘li borligiga shubha bildirildi

Germaniya Bundestagi (Germaniyaning bir palatali parlamenti) rahbari o‘rinbosari Volfgang Kubiki Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘lgan hodisada Kremlning qo‘li borligiga shubha bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Men Vladimir Putin yoki hukumat ushbu hujum ortida turganiga ishonishni xohlamayman. Biroq Rossiyada qisman mustaqil hayot kechiradigan kuchlar mavjud”, dedi Germaniya parlamenti vakili. U Rossiya hukumati Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan olib boriladigan tekshiruvlarga qiziqish bildirishi va aybdorlarni jazolashi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, Kubiki agar Navalniy ishida Rossiya davlat tizimlarining qo‘li borligi isbotlanadigan bo‘lsa, joriy etilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar haqida ogohlantirdi. Bundestag vakili ehtimoliy munosabatlar yomonlashuvini “muzlik davri” bo‘ladi, deb atadi.

2 sentyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasida harbiy toksikologlar Navalniy organizmida “Novichok” (“Yangi”) guruhiga kiruvchi zaharli modda izlarini topganlari haqida ma’lum qilindi.  Bunga javoban Rossiya TIVda Germaniya Bosh prokuraturasiga yuborilgan so‘rovnomaga rasmiy javob kutilayotgani ta’kidlandi.