Germaniyada 1940 yilda zirhli mashinalar ortilgan poyezd izsiz g‘oyib bo‘ldi

Keyingi safar uni 1952 yilda ko‘rishdi

"Arvoh poyezd"lar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Qoida tariqasida bu vaqt saroblari, akustik va ko‘zga ko‘rinmaydigan anomaliyalar haqidagi hikoyalar bo‘lib chiqadi. Misol uchun, Italiya va Gretsiyada shunga o‘xshash voqealar haqida gapirib kelishadi. Guvohlar vaqti-vaqti bilan XIX-XX asrlarda poyezdlar avariyaga uchragan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan joylarda garchi shu paytda yaqin orada poyezdlar o‘tmayotgan bo‘lsa-da,  yaqinlashib kelayotgan poyezd, shovqin-suron va g‘ildiraklarning g‘ichirlagan ovozini eshitishadi.

Bunday hodisalarga har xil nisbatda bo‘lish mumkin. Kimdir voqeani Yer sayyorasining energetik-axborot xotirasi deb hisoblaydi. Bu o‘rganishga arziydigan juda qiziqarli mavzu.

Поезда-призраки фигурируют во многих городских легендах.
Источник: https://1.bp.blogspot.com/-CjChOvev5CA/VgPwx2fXRzI/AAAAAAAAADA/iLI159U5sAA/s1600/ghost%2Btrain.jpg

1940 yilda Germaniyada g‘alati voqea sodir bo‘ldi. 20 iyun kuni Berlinga zirhli texnikalar ortilgan poyezd kelishi kerak edi. Bu muhim yukni kutib olish uchun hatto fuqarolik transporti bekor qilindi, ya’ni tarkib keladigan yo‘l ochiq edi. O‘sha kun poyezd vokzalga yetib kelmadi. Ma’lum bo‘lishicha, poyezd Bushuv stansiyasini bosib o‘tgan, lekin shundan keyin u hech bir bekatda ko‘rinmagan. Oltmishga yaqin yuklangan platformalardan iborat tarkibni hisobga olsak, albatta uning yo‘qolib qolishi istisno qilindi. Bunday qisqa vaqt ichida hech kim poyezddagi yukni tushirib, uni qismlarga ajrata olishga ulgurmagan bo‘lardi.

Sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng butun bir poyezdning izsiz g‘oyib bo‘lganligi tasdiqlangach, o‘sha yillardagi Germaniya hukumati ezoterika va okkultizm (xurofotlarga ishontiruvchi mistik ta’limotlarning umumiy nomi)ga qiziqib qolganligi sababli poyezd ma’lum bir portalga tushib qolgan, degan faraz paydo bo‘ldi. Politsiyaning bu qalbakilikni ochib berishga bo‘lgan urinishlari ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Vaqt va makon buzilishining sirli taxminiga ishonishdan boshqa hech narsa qolmadi. Ehtimol, maxsus reys ushbu halqaga tushib qolgandir...

Ajablanarlisi, ilgari poyezdlar Bushuv va Gross-Benits platformalari orasidagi yo‘lda g‘oyib bo‘lmagan, lekin bu doirada ishlagan temir yo‘l xodimlarining bedarak yo‘qolishlari haqidagi mish-mishlar tarqalib bo‘lgan edi.

Трудно объяснить пропажу гигантского состава с бронетехникой.
Источник: https://wallpaperscave.ru/images/original/18/06-26/dark-gothic-61387.jpg

Ko‘p yillar davomida izsiz g‘oyib bo‘lgan poyezd kutilmaganda 1952 yili yarim tunda Bushuv va Gross-Benits platformalari oralig‘ida paydo bo‘ldi(!) Ajablanarlisi, hatto temiryo‘l stansiyasi xodimlari bu noma’lum poyezd va tungi fuqarolik ekspressi o‘rtasida to‘qnashuv xavfi borligi to‘g‘risida xabar berishdi. Deyarli o‘n kishi uchinchi reyx timsollari tushirilgan zirhli mashinalar bilan to‘ldirilgan tarkib Berlin tomon yo‘l olganining guvohi bo‘ldi. Keyin yana tushunib bo‘lmaydigan hodisa ro‘y berdi.

Что же на самом деле произошло в 1940 году?
Источник: https://get.wallhere.com/photo/nature-fall-foliage-trees-train-faded-railway-mist-forest-1721305.jpg

Poyezdning stansiyaga yaqinlashayotganini platformadagilar ko‘rishgan. Ular poyezd uchta chiroq bilan jihozlanganini tasvirlab berishdi. Tebranib turgan chiroq yorug‘ligi poyezdning haqiqiyligidan dalolat berardi, keyin esa poyezd ham, chiroqlarning o‘zi ham g‘oyib bo‘ladi. Ishchilar protokol tuzishdi, unga ko‘ra ular ko‘rgan narsalariga kafolat berishardi. Hisobotda urushdan oldingi davrdagi sirli "arvoh poyezd" qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday g‘oyib bo‘lganligi ko‘rsatildi.

Garchi platformalar orasidagi masofada joylashgan hududda 1973 yildagi tungi aylanish paytida to‘rt nafar temir yo‘l ta’mirchisi izsiz g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa-da, poyezd stansiya ishchilarini boshqa bezovta qilmadi. Tadqiqotchilar bu sirni ochish uchun hech bo‘lmaganda ba’zi izlarni topishga harakat qilishdi. Biroq, hozirgacha buni amalga oshirishning iloji bo‘lmagan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.