Germaniyada Reyn daryosi qirg‘oqdan toshib chiqqani bois Ris-Griterort shahri «katta yer»dan uzilib qoldi
Davomli yomg‘ir va qor erishi Reyn qirg‘og‘idan suv toshib chiqishiga olib keldi.
Associated Press xabar berishicha, toshqin tufayli Germaniyaning g‘arbiy qismidagi kichik Ris-Griterort shahri «katta yer»dan uzilib qoldi.
Unga olib boruvchi yagona yo‘lni suv to‘sib qo‘ydi. Ammo ta’kidlanishicha, mintaqada bunday holatlar kam emas, shuning uchun mahalliy aholi kuniga bir necha marta o‘t o‘chiruvchi mudofaasi qayig‘ida tashilmoqda.
Yomg‘ir yog‘ishi davom etmoqda, demak Germaniyada yangi toshqinlar yuzaga kelishi xavfi bor va hafta oxirida vaziyat yaxshilanishiga umid qilib bo‘lmaydi, deyishmoqda mutaxassis.
Kyoln hududidagi Reyndagi garchi suv sathi kemalarning ko‘priklar ostidan bemalol o‘tib ketishiga to‘sqinlik qiladigan darajaga yetmagan bo‘lsa-da, kemalar qatnovi to‘xtatilgan. Germaniyaning janubiy qismida ham suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.