Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
- 10.02.2023 21:57
- 97
- Jinoyat va jazo
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan Samarqandda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro X.J.ning yashash xonadonida jami 235,62 gramm miqdorda “opiy”, 1,35 gramm miqdordagi “gashish” giyohvandlik vositalari hamda 1 dona oq jigar rangli kapsuladagi “Regopen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Harakatlarida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotishni "odat" qilish alomatlari mavjudligi sababli X.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmoqda.
Teglar:
giyohvandlik savdosi