«Grin kart» g‘oliblari AQSh hukumati bilan sudlashmoqchi

Dunyo bo‘ylab minglab AQSh «grin-kart» g‘oliblari, pandemiya sababli Amerikaga ko‘chib o‘tish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, Jo Bayden ma’muriyatiga da’vo bilan chiqishdi.

Twitter da e’lon qilgan bayonotida da’vogarlarni himoya qiluvchi advokat Kertis Morrison 141 mamlakatdan 24 mingdan ortiq kishi arz qilinganligini ta’kidlab, sud da’vosini e’lon qildi.

Da’vo mohiyati

Sud jarayoni AQSh cheklangan muddatli viza arizalarini ko‘rib chiqishni rad etganligi sababli 2021 yilgi diversifikatsiya lotereyasi (AQSh rezidenti maqomini olish huquqini beruvchi vizalarni rasmiylashtirish dasturi)ning minglab g‘oliblari Amerikada yashashdek yagona imkoniyatdan mahrum bo‘lishidan kelib chiqmoqda.

"Men AQShning Viskonsin shtatiga yozgi talabalar "Work and Travel" dasturi bo‘yicha sayohatimdan keyin gren-kardda ishtirok etishga ariza topshirdim. AQSh menga yoqdi va qolgan umrimni shu yerda o‘tkazishni xohladim", deydi sud da’vogarlaridan biri, turkiyalik lotereya g‘olibi.

"Men yutdim, ammo hozir bu "g‘alaba"ga o‘xshamaydi", dedi yana bir da’vogar.

"Bu lotereya, ammo biz "g‘olib" bo‘lish uchun sudlashishimiz kerak. Biz hali ham uydamiz, hali bironta elektron xat yoki intervyu olmadik. Bizning Amerika orzularimiz so‘nayotganga o‘xshaydi".

Diversifikatsiya lotereyasi nima?

Qo‘shma Shtatlar mamlakatda milliy xilma-xillikni targ‘ib qilish maqsadida har yili turli mamlakat immigrantlariga Diversity Immigrant Visa  dasturi (diversifikatsion lotereya) orqali 55 mingtagacha grin-kart beradi.

Dastur oddiy, ammo tanlash qat’iy mezonlarga binoan muhojirga doimiy yashash maqomi berishni nazarda tutadi. Diversifikatsiya vizasini olayotgan kishi tasodifiy tanlanadi. Shu bilan birga, vizalar oltita geografik mintaqa o‘rtasida taqsimlanadi, eng ko‘p vizalar immigratsiya darajasi pastroq bo‘lgan mintaqalarga ajratiladi. So‘nggi 5 yil ichida Qo‘shma Shtatlarga 50 mingdan ortiq muhojir kelgan mamlakatlar fuqarolari uchun vizalar berilmaydi. Mintaqa doirasida biror mamlakat bunday vizani bir yilda 7 foizdan ko‘p ololmaydi.

Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab viza egalari ular uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda. Gap shundaki, hatto Prezident Tramp davrida ham ba’zi viza egalari, jumladan diversifikatsiya qilingan shaxslar AQShga kirishi noma’lum muddatga taqiqlandi.

Bunday vizalar qat’iy muddatga ega va tasdiqlash muddati o‘tkazib yuborilsa, ariza beruvchi ushbu dastur asosida AQShga ko‘chib o‘tish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ladi.

Imtiyozli bo‘lmagan vizalar

AQShga kirish imkoniyati o‘tkazib yuborilganligi to‘g‘risida xabardor bo‘lgan 2020 yilgi «milliy xilma-xillik» viza egalari ushbu qarorni bekor qilish uchun AQSh hukumati bilan huquqiy kurashga kirishdi.

Da’vogarlar da’vosiga ko‘ra, AQSh konsulligi dasturning cheklangan vaqtiga qaramay, dunyo bo‘yicha suhbat tayinlashdan bosh tortganligi sababli, viza olish uchun arizalar yo‘li to‘sib qo‘yildi.

Shuningdek, ular ta’kidlashicha, yaqinda Davlat departamenti tomonidan diversifikatsion viza arizalariga noustuvor deb qarash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi ularni o‘z vaqtida olish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi». Buni Davlat departamenti ham tan oldi.

"Departament diversifikatsiya vizasi dasturini qadrlaydi va COVID pandemiyasi natijasida yuzaga kelgan operatsion cheklov va muddatlarga qaramay, boshqa ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq iloji boricha ko‘proq murojaat ko‘rib chiqish uchun harakat qilmoqda", deyiladi Davlat departamentining veb-saytida.

"Biroq COVID natijasida, pastki ustuvor toifalar yoki diversifikatsion viza dasturi kabilarda berilgan vizalar soni, ehtimol 2021 yilda qonuniy belgilangan limitga yetmaydi", deyiladi unda.

Davlat departamentiga ko‘ra, grin-kartalar "to‘rtinchi darajadagi" ustuvor vazifaga aylandi, chunki Davlat departamenti "ko‘plab elchixona va konsulliklar" allaqachon "immigratsion vizalarning barcha toifalarida sezilarli bo‘shliq" bilan kurashayotganini tan oldi.

7 iyun kuni berilgan yangi sud da’volariga ko‘ra, AQSh boshqa har qanday viza talab qiluvchi singari grin-kart oluvchiga ham ustuvor ahamiyat berishi zarur.

G.Xoldorova tayyorladi.