Hafta o‘rtasidan havo harorati pasayib, aksariyat hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari O‘zbekistonning qolgan hududlari bo‘yicha aksariyat joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29 noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi. 1 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

2 dekabrda mamlakatimiz hududida kam bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.