Har kuni davlatimizga xorijdan kirib kelgan 500-600 nafar fuqaro karantinga olinmoqda
— Karantinda bo‘lgan aholining soni 80-90 ming atrofida bo‘lib turibdi, o‘zgarmayapti. Agar karantin 14 kun bo‘lsa, bu odamlar allaqachon kuzatuvdan chiqqan bo‘lishlari kerak edi-ku?! Nima sababdan ularning soni o‘zgarishsiz turibdi?
Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi:
— Karantin e’lon qilingandan keyin ham ancha paytgacha hamyurtlarimiz charter reyslarida olib kelindi.
Agar Siz chegaramiz butunlay yopilgan, deb o‘ylasangiz, bu xato fikr.
Negaki har kuni davlatimizga xorijdan 500-600 naar fuqaro kirib kelyapti (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston orqali).
Ularning barchasi uyushgan holda karantinga joylashtirilmoqda.
Karantin tadbirlari bilan qamrab olinganlar kimlar:
➖ xorijiy davlatlardan kelib yangidan qo‘shilayoganlar;
➖ kasallik chiqishi munosabati bilan karantin muddati uzaytirilgan shaxslar;
➖ bemorlarni davolash jarayonida qatnashganlar;
➖ bemor ishlagan ishxonasida birga ishlovchilar;
➖ bemorning uyida oila-a’zolari, yaqin qarindoshlari, muloqotda bo‘lganlar;
➖ bemorlar tashrif buyurgan muassasalar xodimlari;
➖ epidemik noxush hududlarga borib, yuk olib kelish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar.