Hech kim sud qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilmaydi
- 19.05.2024 12:13
- 171
- Dolzarb
Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida senatorlar tomonidan Uy-joy kodeksiga, «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga hamda Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Qonunda hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi ko‘zda tutilgan.
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilanmoqda.
Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirishni taqiqlanishi belgilangan yangi norma kiritilmoqda.