Hikmat: 900 gramm vazn va vijdon o‘lchovi
Bir kambag‘al dehqonning xotini sutdan sariyog‘ tayyorlab, uni sotish uchun mahalliy baqqolning oziq-ovqat do‘koniga berardi. Ayol aylana shaklini bergan moyning vazni bir kilogramm bo‘lib, uning savdosidan tushgan daromad kambag‘al oila uchun yaxshi madad edi.
Kunlarning birida baqqol unga sut mahsulotini sotgan kambag‘alning halolligiga shubhalana boshladi va u olib kelgan doiralarni tarozida tortib ko‘rishga qaror qildi. Baqqolning hayratiga, doiralar har birining vazni bir kilogramm emas, balki 900 gramm bo‘lib chiqdi. U juda darg‘azab bo‘ldi!
Ertasi kuni ertalab bechora juvozkash o‘z mollari bilan do‘konga kelganida, baqqol unga baqirib ketdi: “Men sendan hech narsa sotib olmayman, yolg‘onchi! Bu yerga yog‘ingni olib kelma! Sen aylanalarning og‘irligi bir kilogramm deb aytuvding, aslida esa ularning vazni 900 gramm ekan. Men o‘zimni aldashlariga yo‘l qo‘ymayman! Ket bu yerdan va hech qachon qaytib kelma!”.
Juvozkash lohas bo‘lib qoldi, ko‘zlarini pastga tushirib yerga qaradi, u o‘zini oqlamoqchi bo‘lib dedi:
— Xo‘jayin, bizda, tarozi yo‘q... Bir paytlar sizdan sotib olgan bir kilogramm shakar har doim menga o‘lchov bo‘lib kelgan. Uning vazniga qarab, xotinim va men moy tayyorlardik...
***
Bu hikmatli masalning ma’no va hissasi dunyo kabi eski bo‘lsa-da, baribir dolzarb: Vijdon o‘lchovi tarozidan ham og‘irdir.