Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonlik jurnalistlar Samarqandda tibbiy turizm imkoniyatlari bilan tanishdi

Samarqand shahrida BMT huzuridagi Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yoritish uchun tashrif buyurgan hindistonlik jurnalistlar delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘lib, muassasaning tibbiy turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, xorijiy mehmonlar bu yerda tahsil olayotgan hindistonlik talabalar bilan suhbatlashdi.

Hozir Samarqand davlat tibbiyot universitetining xalqaro ta’lim fakultetida 1315 nafar hindistonlik yigit-qiz o‘qimoqda. Ularga o‘zbek va hind pedagoglari ingliz tilida dars berib kelyapti,  deya xabar bermoqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.