Hozir: Senatorlar nomi hademay aniqlanadi - deputatlar Senat a’zolarini yopiq ovoz orqali saylamoqda
Xabar qilganimizdek, Samarqand shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining Oliy Majlis Senatiga a’zolarni saylash bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ochiq ovoz berish yo‘li bilan qo‘shma majlisda ishchi hay’ati, Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha maslahat kengashi, majlis kotibiyati, sanoq komissiyasi a’zolari saylab olindi. So‘ngra viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlaridan saylangan maslahat kengashi a’zolari alohida xonada Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi va unda qabul qilingan qaror bo‘yicha qo‘shma majlisga axborot berildi.
Maslahat kengashida Senat a’zolarini saylash bo‘yicha o‘tkaziladigan yopiq yashirin ovoz berish saylov byulleteniga kiritish uchun tanlab olingan katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda eng obro‘li olti nafar deputatlar nomzodi qo‘shma majlis muhokamasiga taqdim etildi. Muhokamalardan so‘ng ochiq ovoz berish orqali olti nafar deputatning nomzodini yopiq yashirin saylov byulleteniga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ayni paytda Senat a’zolari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzatib boring, bu haqda to‘liq tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz.