Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasining simptomlari o‘zgaryaptimi?
Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi:
Koronavirus infeksiyasida foizlar nisbatida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p quyidagi belgilar uchraydi:
🔘 90% holatlarda — tana harorati ko‘tarilishi;
🔘 80% holatda — yo‘tal (quruq yoki kam miqdorda balg‘am bilan);
🔘 55% holatda — hansirash;
🔘 44% holatda — tez charchash;
🔘 20% dan kam hollarda — ko‘krak qafasida noxushlik hissi;
🔘mialgiya, hushning buzilishi, bosh og‘rishi, qon tupurish, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, yurak urib ketishi, tomoqda og‘riq, burun bitishi, hid va ta’m sezgisining pasayishi;
🔘 2-11% holatlarda — konyuktivit belgilari.
Kasallanishning 6-8 kunlariga kelib hansirashning og‘irlashishi yuzaga keladi. Qariyalarda kasallik atipik ko‘rinishda ya’ni, harorat ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash kabi belgilarsiz kechishi mumkin.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan belgilarga deliriy, tushkunlik, holsizlik, kon’yunktivit, vasvasa, taxikardiya yoki AQB ning pasayishi kiradi.