Hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar qoplab berilmoqda, Samarqand viloyati bo‘yicha 339,8 mln so‘m
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 2023 yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha jami 7 mlrd. 285,1 mln. so‘m mablag‘ tashuvchilarning hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.
Xususan, Namangan viloyati 1 728,8 mln. so‘m, Farg‘ona viloyati 1 564,1 mln. so‘m, Andijon viloyati 1 036,4 mln. so‘m, Toshkent viloyati 986,4 mln. so‘m, Xorazm viloyati 619,2 mln. so‘m, Navoiy viloyati 510,4 mln. so‘m, Samarqand viloyati 339,8 mln. so‘m, Jizzax viloyati 236,5 mln. so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 138,3 mln. so‘m, Surxondaryo viloyati 82,2 mln. so‘m, Buxoro viloyati 43,0 mln. so‘m mablag‘lar qoplab berilgan.
Qolgan viloyatlarda tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zararlar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilmoqda.