Ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruksiya qilindi: Ta’minot bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, qo‘ng‘iroq qiling
Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasidagi rekonstruksiya qilingan suv quvurlarini tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi natijasida Dahbet suv inshootini 2020-2021 yillar kuz qish mavsumiga tayyorlash munosabati bilan shahri Temiryo‘l, qisman Bog‘ishamol hududlari, Beruniy, Buyuk Ipak yo‘li “A” va “B” turar joy mavzelari, Gagarin ko‘chasi, Qorasuv mavzesining Obod maskan mahallasi, Samarqand tumanining shahar bilan yondosh hududlarida 2020 yil 29 iyundan 30 iyungacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtalishi haqida ma’lum qilingan edi.
Bugun ham ushbu hududlardagi ishlar yakunlangan.
Shunday bo‘lsa-da, mazkur mavzelar va ko‘chalarda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, tarmoqqa ulanmay qolingan vaziyatlar bo‘lsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.
Telefon: 93-720-43-01, 90-601-67-67, 93-330-67-66.
"Samarqand suv ta’minoti" MChJ matbuot xizmati.