Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat qilganida unga o‘zini tanishtirishi, maqsadini aytishi shart
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilinishicha, ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida quyidagilarga majbur:
👉 o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko‘ra, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;
👉 fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek, fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.
➡️ Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.