IIV va UZCARD ogohlantiradi: Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
So‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda. Shu sababli sizlarni hushyorlikni oshirishga chaqiramiz.
O‘zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:
- O‘z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
- Tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmang;
- Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang;
- Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.
Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.
Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o‘zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo‘lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi kartangizdan pullarni yechib olish. Agarda sizga bunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, e’tibor bermang.
Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar taslim bo‘lmayapti. Ular insonlarning ishonchlaridan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasliklaridan foydalanishmoqda.
Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda ehtiyotsizlik oqibatida pulidan mahrum bo‘lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqda. Firibgarlar qanday usullardan foydalanishlari va ularning tuzog‘iga qanday qilib tushmaslikni sizga tushuntirib o‘tamiz: