Ijro hujjati talablari o‘z vaqtida bajarilmasa, O‘zbekistondan chiqishga cheklov o‘rnatiladi
Sud hujjati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida ijro etilmaganda davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdorning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashga haqli jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo‘yicha ijro ishini yuritishda ushbu cheklov qo‘llanilmaydi).
Qarzdor ijro hujjati talablarini bajarganda, ijro ishi tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdorni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdorning O‘zbekistondan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron xabardor qilishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment yuzasidan O‘zbekistondan chiqishni cheklash belgilanganida aliment oldindan to‘lansa yoki aliment to‘lash uchun garov shartnomasi tuzilsa, cheklov olib tashlanadi. Bunda garov BHMning 250 baravaridan (75 mln so‘mdan) kam bo‘lmasligi lozim.