"Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan rad etilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Senatning yigirmanchi yalpi majlisida muhokama qilingan “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun qaytarilgani ayrim ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlarni keltirib chiqardi.

Qonun qaytarildi degani — bu u batamom bekor qilindi, degani emas. Senatda muhokamaga qo‘yilgan hujjatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzatish kiritish vakolati yo‘q. Qonun yo ma’qullanadi yoki rad etiladi. Rad etilsa, u keyinchalik parlament vakillari, ekspertlar, qonun tashabbuskorlari bilan birgalikda yanada pishiq-puxta ishlanib, keyingi yalpi majlislarda qaytadan muhokamaga qo‘yiladi.