Imtiyoz: Turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan tadbirkorlardan sayohat xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi PQ-232-sonli qaroriga ko‘ra, sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
- aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Shuningdek, yuqoridagi qaror bilan oilaviy mehmon uylarini ta’mirlashga 100 million so‘mgacha, mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar bilan jihozlashga 50 million so‘mgacha hamda suzish havzalarini tashkil etishga 200 million so‘mgacha loyihalarni moliyalashtirish uchun tadbirkorlarga imtiyozli ravishda kredit beriladi.