Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston – CNNning sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

CNN Travel saytida O‘zbekiston butun dunyo sayyohlariga tashrif buyurish uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga kiritilgani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Maqola muallifi Ipak yo‘li va O‘zbekistonning ahamiyatini yaxshiroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurish kerakligi qayd etgan.

Shuningdek, UNWTO tomonidan 2023 yilda «Eng yaxshi turistik qishloqlar» ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistonning Sentob qishlog‘i sayyohlarda qiziqish uyg‘otishi mumkinligi aytilgan. U tabiat, organik oziq-ovqat va eko-tog‘ turizmiga e’tibor qaratgan holda e’tirof etilgan.

«86 davlat fuqarolariga vizasiz kirishni ta’minlagan O‘zbekiston tashrif buyuruvchilarni o‘zining chiroyli landshaftlari va yaxshi saqlangan me’morchiligi bilan qoyil qoldirishga tayyor», deyiladi maqolada.

Tashrif uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga Singapur, Ispaniya, Indoneziya, Angola, Koreya va boshqa bir qator davlatlar kiritilgan.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan ushbu ro‘yxatga kiritilgan yagona davlatdir.