Infokiosk elektron doskali sud binosi viloyatning Ishtixon va Toyloq tumanlaridagina mavjud
- 05.12.2019 14:05
- 128
- Samarqand
Ishtixonda shu yil oktyabr oyida foydalanishga topshirilgan Sud qabulxonasida tumandagi to‘rtta sud faoliyat yuritmoqda.
Sud qabulxonasi binosida aholining ariza va shikoyatlarini qabul qilish uchun sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, infokiosk elektron doskasi orqali ariza va shikoyatlar namunalari bilan tanishish mumkin. Qolaversa, ishtixonlik fuqaroning sudi boshqa viloyatda o‘tkazilgan bo‘lsa, sud qarori va boshqa ma’lumotlarni ham shu infokiosk orqali olishlari uchun imkoniyat yaratilgan. Bunday sud binosi viloyatda faqat Ishtixon va Toyloq tumanida mavjud ekan.
Tuman ma’muriy sudi raisi Sobir Sodiqovning aytishicha, shu yil davomida 50 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, uning 30 tasi qanoatlantirilgan.
G.MO‘MINOVA.