Inson ko‘zi 80 kilometr masofadagi gugurt yorug‘ini ilg‘ay oladi
Biz juda sirli va qiziqarli dunyoda yashayapmiz. Agar o‘ylab ko‘rsak, aqlbovar qilmaydigan narsalar ko‘p. Quyida ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
* 1963 yilda britan tennischisi Maykl Sangster to‘pni soatiga 247 kilometr tezlikda uzatdi. Bu ushbu sport o‘yini tarixida qayd etilgan eng kuchli uzatmadir.
* 1965 yil 17 oktyabrda chop etilgan Amerikaning «New York Times» gazetasi eng qalin gazeta hisoblanadi. Uning og‘irligi 3,5 kilogramm bo‘lib, 945 sahifadan iborat edi.
* Qo‘limizdagi oddiy qalam bilan naqd 55 kilometr chiziq chizsak bo‘lar ekan.
* 1600 yilgacha chiqarilgan soatlarda bittagina mil bo‘lgan va faqat soatni ko‘rsatgan.
* Biz ko‘zga ko‘rinadigan eng olis yulduzlarga qaraganimizda 4 milliard yil o‘tmishga nazar tashlaymiz. Sekundiga 300 ming kilometr tezlikda tarqalayotgan yorug‘lik bizga o‘shancha vaqtdan keyin yetib keladi.
* Yashin chaqnog‘i tezligi shunchalik kuchliki, u 1 sekundda yer sharini 8 marta aylanib chiqishi mumkin.
* Inson ko‘zi juda sezgir. Odam agar oysiz qorong‘u kechada tog‘ tepasiga chiqib, atrofga nazar tashlasa, 80 kilometr masofadagi gugurt yorug‘ini ilg‘ay oladi.
* Odamlar va fillar o‘z qavmlari musibatiga hamdardlik bilan qaraydigan yagona mavjudotlardir.
To‘plovchi: T.Shomurodov.