Inson miyasi to‘g‘risida qiziqarli 5 fakt

Inson miyasining o‘rtacha og‘irligi atigi 1,3 kg. U butun hayot davomida bosh suyagi ichida, butunlay zulmat va yolg‘izlikda yotadi. Qiziq, miya tashqarida nimalar sodir bo‘layotganini qanday ko‘rishi mumkin? Bu dahshatli tuyulsa-da, bizning tanamiz miya uchun shunchaki qobiqdir. Aslida esa...

Miyamiz Yerdagi eng kuchli superkompyuterdan million marta tezroq ishlaydi

Если бы наш мозг стал компьютером, то он бы выполнял 38 триллионов операций в секунду

Agar inson miyasi kompyuter bo‘lganida, u soniyada 38 trillion operatsiyani bajara olgan bo‘lardi. Yerdagi eng kuchli superkompyuter bu ko‘rsatkichning atigi 0,002 foizini bajarishga qodir.

Tasavvur qiling-a, siz quymoq pishirmoqchisiz, uni ko‘pirtiryapsiz, to‘satdan mushukchangiz pechka ustiga sakrab tushmoqchi ekanligini ko‘rib qoldingiz. Ko‘zdan signal olgan miya darhol mushuk sakrashini to‘xtatish uchun qo‘lingizni qaysi lahzada, qaysi tomonga va qanday tezlikda cho‘zishingiz kerakligini hisoblab chiqadi.

Inson miyasi doimiy ravishda ko‘z, quloq, burun, teri, tildan ma’lumot olib, bu xabarlarni real vaqt tartibida qayta ishlab chiqadi va inson tanasini boshqaradi.

Miyamiz lampochkani yoqish uchun yetarli miqdorda elektr energiya ishlab chiqarishga qodir

Inson miyasida neyronlar deb ataladigan 100 milliardga yaqin mikroskopik hujayralar mavjud. Ular shu daraja ko‘pki, sanab chiqish uchun 3000 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. Biz orzu qilgan, kulgan, o‘ylagan, ko‘rayotgan yoki harakat qilayotgan paytimizda, bu neyronlar orasidagi milliardlab mayda neyron yo‘llar bo‘ylab kimyoviy va elektr signallari o‘tadi.

Miya ichida har daqiqada son-sanoqsiz xabarlar miltillaydi. Bir soniyada neyronlarimiz dunyodagi barcha telefonlar bir yilda bajaradiganidan ko‘proq xabar yaratadi va jo‘natadi.

Garchi bitta neyron juda oz miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarsa-da, barcha neyronlarimiz birgalikda kam quvvatli lampochkani quvvatlantirish uchun yetarli energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Neyronlar miyaga soatiga 240 kilometr tezlikdan yuqori ma’lumot yuboradi

Примерно так выглядит карта нейронов мозга

To‘satdan chivin chiyillashini eshitib qoldingiz va bir soniyadan so‘ng qulog‘ingiz atrofida aylanayotgan bu “yirtqich hayvon”ni ko‘rdingiz. Chivinning chiyillashi haqidagi ma’lumot miyaga soatiga 240 kilometr tezlikda yetib keldi. O‘sha paytda, miya chivinni o‘ldirishga qaror qilganida, u qo‘lning motor funksiyasini faollashtiradi va 320 km/soat tezlikda mushaklarga signal beradi.

Siz nima bo‘layotganini ham tushunmay qolasiz, lekin chivinni ushlashga harakat qilib, qarsak chalasiz.

O‘rganganimizda, miyamiz tuzilishini o‘zgartiramiz

Пять забавных фактов о человеческом мозге, узнав которые вы по-другому посмотрите на себя в зеркале

“Takrorlash ilm olish garovi” iborasini eslaysizmi? Miya shunday o‘rganadi. Neyronlar yo‘llari bo‘ylab qayta-qayta xabarlar yuborib, miya yangi aloqalarni hosil qiladi. Shu tarzda miyaning tuzilishi biroz o‘zgaradi. U hatto bir soat oldin bo‘lganidan biroz farq qiladi.

Hammasi juda oddiy! Muammolar haqida o‘ylaganingizda va yangi fikrlar paydo bo‘lganida, miyaning tuzilishi ham o‘zgaradi. Bundan chiqdi, “u butunlay boshqa odamga aylanib qolgan" iborasi hazil emas ekan.

Paradoks! Aqliy emas, balki jismoniy mashqlar aqlli bo‘lishga yordam beradi

Пять забавных фактов о человеческом мозге, узнав которые вы по-другому посмотрите на себя в зеркале

Ma’lumki, yuragimiz urishini tezlashtiradigan har qanday, masalan, yugurish yoki mashq qilish tana uchun foydalidir va hatto kayfiyatimizni yaxshilashga yordam beradi.

Biroq... Olimlar yaqinda jismoniy mashqlardan so‘ng birmuncha vaqt o‘tgach, tanamiz miyamizni ko‘proq o‘rganishga moyil qiladigan kimyoviy moddalar ajratib chiqarishini aniqlab olishdi.

Shuning uchun, agar siz o‘qishda, ishda yoki biznesda biron bir qiyin muammoga duch kelib qolsangiz, tashqariga chiqing va bir muddat yugurib keling, so‘ng yana muammoni hal qilishga urinib ko‘ring. 99 foiz hollarda yechim bir zumda topiladi va ko‘pincha bu yurish yoki yugurish paytida sodir bo‘ladi.
Va bu sehr emas, balki odam fiziologiyasidir!

B.Muhammadiyeva tayyorladi.